Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr II

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Aleksandr II (1818 — 1881. Peterburg) — Rossiya imperatori (1855-81). Nikolay I ning katta oʻgʻli. Rossiyaning Qrim urushi (1853-1856) da yengilishi natijasida 60-70- yillarda bir qancha islohotlar oʻtkazdi. Rossiyada krepostnoy huquqni bekor qilishga majbur boʻlgan (1861); Polsha qoʻzgʻoloni (1863-1864)ni shafqatsizlik bilan bo-stirdi. Aleksandr II davrida Rossiya imperiyasi ancha kengaydi: Uzoq, Sharqda Amur daryosining soʻl qirgʻogʻi, Ussuriy oʻlkasi, Ardahn, Kare va Botumi shaharlari, shuningdek gʻarbda Bessarabiyaning bir qismi Rossiya tomonidan bosib olindi. Turkiston oʻlkasining katta qismi bosib olinib, Xiva xonligi va Buxoro amirligi Rossiyaning vassaliga aylangan. 1881-yil martida „Xalq erki“ tashkilotining aʼzosi I. I. Grinevitskiy Aleksandr IIga suiqasd qilib uni oʻldirgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil