Kontent qismiga oʻtish

Amerika angusi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Amerikan Angus - Amerikada goʻshti uchun boqiladigan qoramollar zoti. U Shotlandiyadagi qoramollarning Aberdin Angus zotiga borib taqaladi, lekin faqat qora rangda boʻlishi mumkin. Qizil rangdagilari Amerika Angus Assotsiatsiyasida roʻyxatdan oʻtmagan[1].

Qora rangli Angus
Chikagodagi xalqaro fond koʻrgazmasida ushbu zotga mansub boʻlgan chempionlar guruhi, 1911-yil

Shotlandiyadagi Aberdin Angus zotining bir nechta vakili taxminan 1859-yilda Kanadaning Monreal shahriga olib kelingan, ammo bundan keyin nima boʻlgani haqida boshqa hech narsa maʼlum emas. Ushbu zotning Qoʻshma Shtatlarga eng birinchi olib kelinishi 1873-yilga toʻgʻri keladi. Shotlandiyalik mulkdor Jorj Grant Kanzas shtatining Viktoriya shahridagi yashash joyiga ushbu zot vakillaridan bir nechtasini olib keladi, ularni Texasning Longhorn zoti bilan chatishtirishadi. 1878-yildan 1883-yilgacha Qoʻshma Shtatlarga bosh Amerika angus zotli qoramollar import qilingan. Oʻsha yili Chikagoda (Illinoys shtati) 60 aʼzoni oʻz ichiga olgan Amerika Aberdin-Angus zotdorlari assotsiatsiyasi tashkil etildi, nomi 1950-yillarda Amerika Angus Assotsiatsiyasi deb oʻzgartirildi[2].

1917-yilga qadar ham qora ham qizil qoramollar uyushmaning Naslchilik kitobiga kiritilishi mumkin edi. Biroq, keyinchalik, qizil rangli qoramollarni roʻyxatga kiritish taʼqiqlandi. 1954-yildan beri ular Amerika Qizil Angus Assotsiatsiyasi tomonidan alohida qilib roʻyxatga olingan[3].

2010-yilda Amerika Angusi soni taxminan 320000 boshni tashkil etdi, deyarli 300000 nasldor sigirlar va 22000 dan ortiq roʻyxatga olingan buqalar bu Qoʻshma Shtatlardagi eng koʻp goʻsht beradigan qoramol zotiga aylandi[4]. 2021-yilda zotning saqlanish holati DAD-ISga „xavf ostida emas“ deb xabar qilindi[5].

Amerika angusi goʻsht beruvchi zot boʻlib, faqat shu maqsadda yetishtiriladi va koʻpaytiriladi.

  1. ↑ Breed data sheet: Angus / United States of America (Cattle). Domestic Animal Diversity Information System of the Food and Agriculture Organization of the United Nations. Accessed October 2021.
  2. ↑ Valerie Porter, Lawrence Alderson, Stephen J. G. Hall, D. Phillip Sponenberg (2016). Masonʼs World Encyclopedia of Livestock Breeds and Breeding (sixth edition). Wallingford: CABI. ISBN 9781780647944.
  3. ↑ Frank Flanders, James R. Gillespie (2015). Modern Livestock & Poultry Production. Boston, Massachusetts: Cengage Learning. ISBN 9781133283508. Jim Hewitson (1995 [1993]). Tam Blake & Co.: the story of the Scots in America. Edinburgh: Canongate Books. ISBN 0862415594.
  4. ↑ Bob Hough (2005). History of the Red Angus. Denton, Texas: Red Angus Association of America.
  5. ↑ Frequently asked questions about the world’s largest beef breed registry. American Angus Association. Archived 8 March 2016.