Kontent qismiga oʻtish

Anemiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Anemiya (yunoncha an — inkor qoʻshimchasi va haima — qon), kamqonlik — qonda eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdorining kamayishi, sifatining oʻzgarishi bilan kechadigan kasallik. Anemiyaga qon yaratilish jarayonining buzilishi, asosiy qon yaratuvchi toʻqima — suyak koʻmigining oʻz funksiyasini yetarli bajara olmay qolishi sabab boʻlishi mumkin[1][2].

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir va vitamin B12 yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan anemiya birmuncha keng tarqalgan. Oz-ozdan uzoq vaqt qon ketib turganda, bavosir yoki meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi kasalligida ham koʻpincha anemiya kuzatiladi. Hayz qoni uzoq va koʻp ketadigan ayollarda ham temir yetishmasligidan kelib chiqadigan anemiya tez-tez uchrab turadi. Temir yetishmasligiga aloqador anemiyaga koʻp homiladorlik, uzoq vaqt bola emizish sabab boʻladi, chunki homiladorlik va emiziklik davrida ona organizmidagi temir zaxirasining bir qismi bolaga oʻtadi. Kichik yoshdagi bolalarda kuzatiladigan kamqonlik ularni notoʻgʻri ovqatlantirish, shuningdek ovqat sifatining pastligi oqibatida roʻy beradi.

Eritrotsitlar soni biroz kamaygani yoki normal boʻlgani holda, qonda gemoglobin miqdorining kamayishi temir yetishmasligiga aloqador anemiyaning asosiy belgilaridandir. Belgilar asta sekin va tez yuzaga chiqishi ham mumkin. Bemorning rangi siniqqan boʻlib, aksariyat tez charchash, bosh ogʻrishi, bosh aylanishi, koʻz oldi jivirlashishidan shikoyat qiladi, soch toʻkiladi, tirnoq moʻrtlashib sinishga moyil boʻlib qoladi. Baʼzan yutinish qiyinlashadi, bemorning odatda isteʼmol qilinmaydigan narsalar (boʻr, ohak, tuproq kabilar)ni yegisi keladi, achchiq, shoʻr taomlarni xush koʻradi. Vitamin B12 yoki folat kislota yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan anemiya ancha kam uchraydi. Anemiyaning bu xilida oʻziga xos alomatlar: til achishishi, kasallik oʻtkazib yuborilganda nerv sistemasining zararlanish (funikulyar miyeloz) belgilari kuzatiladi. Eng havfli oqibatlar koʻp qon yoqotilishi gemorragik shok holatiga olib keladi[3].

Klassifikatsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

I.Etiologiyasi boʻyicha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

• postgemorragik;• postransfuzion; • infeksion; • alimentar;,• dismetabolik; • immunopatologik; • paraneoplastik va boshqalar.

II. Eritropoez turiga koʻra:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Normoblastik (eritroblastik); • Megaloblastik.

III. Rang koʻrsatkichiga koʻra:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

• gipoxrom; • normoxrom; • giperxrom.

IV. Ogʻirligiga koʻra:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

• yengil; • oʻrta; • ogʻir.

V. Eritrotsit diametriga koʻra:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

• mikrotsitar;• normotsitar;• makrotsitar.

VI. Suyak koʻmigi reaksiyasiga koʻra:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

• aregenerator; • giporegenerator; • regenerator;• giperregenerator.

VII. Klinik kechishiga koʻra:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

• oʻtkir; • surunkali.

Patogeneziga koʻra anemiya turlari:

1. Postgemorragik anemiyalar: qon yoʻqotishdan kelib chiquvchi anemiyalar.

2. Gemolitik anemiyalar: eritrodierezning eritropoezdan ustun kelishi oqibatida kelib chiquvchi anemiyalar • Endoeritrotsitar eritropatiya; gemoglobinopatiya; enzimopatiya • Ekzoeritrotsitar noimmun; autoimmun; izoimmun.

3. Dizeritropoetik anemiyalar: eritropoez yetishmovchiligi natijasida kelib chiquvchi anemiyalar• Aplastik• Defitsitar temir defitsit anemiya B12/folat defitsit anemiya oqsil defitsit anemiya.

Postgemmoragik anemiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Postgemorragik anemiya oʻtkir va surunkali boʻlishi mumkin. Oʻtkir postgemorragik anemiya turli sabablarga koʻra (travma — shikastlanish, operatsiyalar, tomirlarning kesilishi, homiladorlikdagi patologik holatlarda, gemofiliya) koʻp qon yoʻqotish oqibatida roʻy beradi. Qon yoʻqotilgandan soʻng 24-48 soat davomida gemogrammada deyarli koʻzga tashlanuvchi oʻzgarishlar kuzatilmaydi. Bunda qonning faqat umumiy hajmi kamayib, uning oichov birligida eritrotsitlar soni, gemoglobin miqdori, rang koʻrsatkichi va gematokrit koʻrsatkichi meʼyorda boʻlishi mumkin. Qon surtmasida normotsitoz, normoxromiya kuzatiladi. Keyinchalik (1-2 kun oʻtgach) yoʻqotilgan qon hajmi oʻmi toʻqimalardan oʻtuvchi suyuqlik hisobiga toidirilib, qon suyuladi, uning oʻlchov birligida eritrotsitiar va gemoglobin miqdori kamayadi, lekin qonning rang koʻrsatkichi oʻzgarmaydi. 3-4 kundan soʻng qonda retikulotsitlar soni orta borib, ulaming koʻpayish choʻqqisi haftaning oxirgi kunlariga toʻgʻri keladi va bunda yadroli eritrotsitlar ham paydo boʻlishi mumkin. Endi yosh eritrotsitlar hisobiga qonning rang koʻrsatkichi biroz kamayadi. Suyak koʻmigi qil tomirlarga nihoyatda boy toʻqima boʻlib, ular sfmkterlar bilan taʼminlangandir. Eritropoez maʼlum muddatda davom etib, eritrotsitlar voyaga yetguncha qiltomirlar sfinkteri berk boʻladi. Eritrotsitlar yetilgan vaqtda sfinkterlar boʻshashib, hujayralar umumiy qon oqimiga oʻtadi. Regeneratsiya kuchayganda koʻmikda doimo yosh hujayralar boʻlgani tufayli qil tomir sfmkterining boʻshashishi hujayralarning ham yetilmagan davriga toʻgʻri kelib, hujayralar qonga oʻtadi. Demak, oʻtkir postgemorragik anemiya giperregenerator anemiya hisoblanadi. Bunda eritropoez bilan birga leykopoez ham kuchayadi (neytrofiliya). Trombopoez ham kuchayishi mumkin.

Davolash va oldini olish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yetishmasligiga aloqador anemiyaning oldini olish va davolashda qon yoʻqotish ehtimoli boʻlgan manbalarni oʻz vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, homilador boʻlish va tugʻishni maʼlum darajada rejalashtirishga erishish, sog'lom ovqatlanishga rioya qilish lozim. Koʻpchilik turdagi anemiyalar qoʻshimcha kasalliklar bilan kelganda meʼda-ichak yoʻlining surunkali kasalliklari, ayniqsa ich ketishi bilan oʻtadigan kasalliklarni ham oʻz vaqtida aniqlab davolash juda muhim. Gijja tarqalgan joylarda ulardan zararlanishning oldini olish choralarini koʻrish zarur, kasallik paydo boʻlganda esa oʻz vaqtida davo qilish lozim. Eritrotsitlarning koʻplab yemirilishi bilan bogʻliq gemolitik anemiya xillari koʻp. Ular irsiy yoki orttirilgan boʻlishi mumkin, odatda teri hamda shilliq qavatning sargʻayishi, eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdorining kamayishi bilan kechadi. Barcha xil anemiyada shifokorga murojaat etish va oʻz vaqtida toʻgʻri davolanish zarur.

  • Petrov V. N., Baxramov S. M., Farmankulov X. K., Jelezodefitsitnie anemii, T., 1995.Saidjalol Bahromov
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.



  • MED24Anemiya (kamqonlik) — kasallik belgilari, diagnostika va davolash.
  1. Kreidieh, Firas „Anemia: Practice Essentials, Pathophysiology, Etiology“. Medscape (2025-yil 2-iyun). Qaraldi: 2025-yil 4-may.
  2. „Anemia | NHLBI, NIH“. www.nhlbi.nih.gov. Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.
  3. Killeen, Robert B.; Kaur, Anahat; Afzal, Muriam (2026), „Acute Anemia“, StatPearls, Treasure Island (FL): StatPearls Publishing, PMID 30725917, qaraldi: 2026-03-21