Kontent qismiga oʻtish

Anhelina Kalinina

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Anhelina Kalinina

Kalinina 2025-yilgi Transilvaniya ochiq turnirida
Toʻliq ismi Anhelina Serhiyivna Kalinina
Mamlakat Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tugʻilishi 1997-yil 7-fevral (1997-02-07) (29 yosh)
Nova Kaxovka, Ukraina
Boʻyi 1.80 sm
Ishlatadigan qoʻli Oʻng qoʻl
Murabbiy Anton Korchevskyi
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori $4 366 307 AQSh dollari
Yakkalik bahslar
Rekordi 418–246
Jami titullari 3 ta WTA Challenger
Eng yuqori pozitsiyasi 25-oʻrin (22-may 2023)
Joriy pozitsiyasi 127-oʻrin (15-dekabr 2025)
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open 3-bosqich (2023)
French Open 2-bosqich (2021, 2022, 2025)
Wimbledon 2-bosqich (2022, 2023)
US Open 2-bosqich (2018, 2021, 2022, 2024)
Juftlik bahslari
Rekordi 69–70
Jami titullari 3 ta ITF
Eng yuqori pozitsiyasi 92-oʻrin (27-yanvar 2025)
Joriy pozitsiyasi 429-oʻrin (26-may 2025)
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open 3-bosqich (2023)
French Open 1-bosqich (2022, 2023, 2024, 2025)
Wimbledon 2-bosqich (2023)
US Open 2-bosqich (2021)
Medallari va yutuqlari
a Aralash MOQ jamoasi vakili
Yoshlar Olimpiya oʻyinlari
Oltin2014-yilgi Yozgi Yoshlar Olimpiada oʻyinlariQizlar oʻrtasida juftlik
Soʻnggi marta yangilandi: 14-dekabr 2025.

Anhelina Serhiyivna Kalinina (ukraincha: Ангеліна Сергіївна Калініна; 1997-yil 7-fevralda tugʻilgan) — ukrainalik professional tennischi. 2023-yil 22-may kuni WTA yakkalik reytingida faoliyatidagi eng yuqori natija — 25-oʻringa koʻtarilgan. Juftlik yoʻnalishi boʻyicha reytingda 2025-yil yanvar oyida 92-oʻringa band qilgan. WTA Challenger Tour musobaqasi doirasida yakkalik yoʻnalishida 4 ta unvonni, shuningdek ITF ayollar turida yakkalik yoʻnalishida 15 ta va juftlik yoʻnalishida 3 ta unvonni qoʻlga kiritgan.

Sport faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda Kalinina Elizaveta Kulichkova bilan juftlik yoʻnalishida Australian Open musobaqasida gʻolib chiqqan. Ular musobaqa finalida Katie Boulter va Ivana Jorović juftligini magʻlub etgan. Oʻsha yili sportchi AQSh yoshlar ochiq turniri finaliga chiqqan, biroq Marie Bouzkovága qarshi oʻyinda magʻlubiyatga uchragan[manba kerak].

2018: Katta dubulgʻadagi debyut

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilgi AQSh ochiq turnirida Kalinina saralash bosqichida uchta uchrashuvda gʻalaba qozongach, Katta dubulgʻa turniri yakkalik yoʻnalishi asosiy toʻr bahslarida oʻzining ilk bor ishtirokini amalga oshirdi. U saralash oʻyinlarining birinchi bosqichida Elena-Gabriela Ruseni, ikkinchi bosqichda Tereza Martincováni, soʻngra Jaimee Fourlisni magʻlub etdi va asosiy toʻr bahsida Kathinka von Deichmannni uch setda yengishga muvaffaq boʻldi. Shu orqali sportchi Katta dubulgʻadagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi, biroq keyinchalik Sloane Stephensga oʻyinni boy berdi[manba kerak].

2021: WTA Tur finali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

French Openda musobaqasida Kalinina saralash bosqichidan oʻtib ikkinchi bosqichga chiqdi va 26-raqamli ishtirokchi hamda uch karra Katta dubulgʻa chempioni Angelique Kerberni magʻlub etdi[manba kerak].

Kalinina Wimbledon musobaqasi saralash oʻyinlarining soʻnggi bosqichida magʻlub boʻlganiga qaramay, keyingi ikki hafta ichida Montpellierda oʻtkazilgan sovrin jamgʻarmasi 60 min dollar boʻlgan va Contrexévilleda boʻlib oʻtgan 100 ming bollarlik turnirlarida gʻolib chiqib, 2021-yilda ITFdagi unvonlari sonini toʻrttaga yetkazdi[manba kerak]. U Budapesht Gran-pri finaliga ham chiqib, birinchi raqamli ishtirokchi Yulia Putintsevaga yutqazdi[1][2]. 2021-yil mavsumini 32 ta gʻalaba va 7 ta magʻlubiyat bilan yakunlab, jahon reytingida 125-oʻrindan 95-oʻringa koʻtarildi (30 pogʻona)[3].

  1. ↑ „WTA roundup: Yulia Putintseva claims Budapest title“. Reuters. Qaraldi: 2024-yil 23-oktyabr.
  2. ↑ „Putintseva charges to second career title in Budapest“. Women's Tennis Association. Qaraldi: 2024-yil 23-oktyabr.
  3. ↑ „Mertens back to doubles No.1, Muguruza returns to Top 10 following Wimbledon“. Women's Tennis Association. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.