Kontent qismiga oʻtish

Asbob

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Turli asboblar

Asbob (arab. — sababning koʻpligi) — 1) biror ish bajarishda ishlatiladigan qurol. Chunonchi, pichoq, qaychi, qozon, tovoq, choʻmich, kapgir — uy-roʻzgʻor asboblari, ustara, qayroq — sartaroshlik asboblari; arra, randa va boshqalar — duradgorlik asboblari; 2) texnikada — biron bir kattalik (fizikaviy, elektr va boshqa)ni oʻlchashda ishlatiladigan oʻlchash asboblari, masalan, ampermetr, barometr, vattmetr va boshqalar, isitish asboblari; tibbiyotda — jarrohlik asboblari, harbiyda — otish asboblari; 3) musiqa asarini ijro etish uchun ishlatiladigan soz — cholgʻu asboblari yoki musiqa asboblari; 4) Asbobning „bir kishiga teplili mulk, narsa“ degan maʼnosi ham bor. Shu maʼnoda tarixiy asarlarda biror kishiga qarashli yer-suv va imorat. Asbob soʻzi shu maʼnoda toponimlar tarkibida uchraydi. Chunonchi, Joʻybor xojalari (15 — XVII asr) hujjatlarida Asbobi Ali Yomchi, Asbobi Kamol, Asbobi Qutlugʻshoh va boshqa joy nomlari tilga olinadi. Turli asbob, qurol-yarogʻ va jihozlar majmui asbob-anjom deb ataladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil