Bulgʻor tili — qadimgi bulgʻor qabilalarining tili. Bulgʻorlar avval Xun qabilalari ittifoqiga kirgan, slavyan, fin-ugor davlatlari bilan aloqada boʻlgan. 9 — 11 asrlardan saqlangan daraklardagi (14 — 15 asrlar) yozuvlarga, tarixiy ismlar tuzulishiga qaraganda, bulgʻor tili hozirgi chuvash tiliga yaqin boʻlgan. Bu ikkalasi turkiy tilining bulgʻor guruhiga mansub. Bulgʻor guruhidagi tillarning oʻzga turkiy tilidan oʻzgachaligi — „z“ oʻrniga „r“, „sh“, „s“ oʻrniga „l“ harfining foydalanishidir. Bulgʻor tili hozirgi boshqir, tatar tillarining shakllanishiga sabab boʻldi. Koʻchmanchilar bulgʻorlarni 7 — 9 asrlarda hozirgi Rossiyaning janubiga tomon quvganida, ularning bir boʻlagi vengr va slavyanlarning tarkibiga kirgan, shuning natijasida ularning tiliga bulgʻor sozʼlari koʻplab kirgan.
Bulgʻorcha, tatarcha va chuvashcha soʻzlar jadvali