Kontent qismiga oʻtish

Fehmi Naji

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Fehmi Naji al-Imom (arabcha: فهمي ناجي الإمام) (1928-yilning 28-sentyabrida tugʻilgan va 2016-yilda vafot etgan) 2007-yil iyunidan 2011-yil sentyabrigacha Avstraliya bosh muftiysi boʻlib faoliyat olib borgan. Livanda tugʻilgan va yoshlik yillarini ham shu yerda oʻtkazgan, 1951-yilda Avstraliyaga kelgan va shu yerda yashay boshlagan. 2007-yil 10-iyunda Toj al-Din Hiloliyning oʻrniga muftiy boʻlib saylangan[1][2], ammo 2011-yil yanvariga kelib, Hiloli Naji endi ish faoliyatini toʻxtatganini va shunchaki rasmiyatchilik yuzasidan faoliyat yuritayotganini eʼlon qildi[3]. Naji 2011-yil 18-sentyabrda Ibrohim Abu Muhammadga muftiylik lavozimi oʻtdi[4][1].

Naji Usama bin Lodinning 11-sentyabr hujumlari uchun javobgarligiga shubha bilan qaray boshlagan[5]. Melburndagi Preston masjidining bosh imomi va Viktoriya imomlar kengashi kotibi boʻlib faoliyat olib borgan[5].

Naji al-Imom 2016-yil 24-sentyabrda dunyoni tark etgan[6].

Naji 2005-yildan 2006-yilgacha Howard hukumati tomonidan tashkil etilgan Muslim Community Reference Group maslahat kengashining aʼzosi sifatida xizmat olib borgan[7].

  1. 1 2 Zwartz, Barney. „Hilali out as Mufti, moderate in“. The Age (2007-yil 11-iyun). Qaraldi: 2015-yil 29-yanvar.
  2. Fehmi Naji El-Imam named new Australian mufti (Wayback Machine saytida 2007-09-28 sanasida arxivlangan) International Islamic News Agency Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.
  3. Maley, Paul. „'I'm the mufti in all but name,' says Sheik Taj Din al-Hilali“. The Australian (2011-yil 15-yanvar).
  4. Maley, Paul. „Grand Mufti Ibrahim Abu Mohamed feels duty to 'cure' radicals“. The Australian (2011-yil 20-sentyabr).
  5. 1 2 Dunn, Mark; Yamine, Evelyn (12 June 2007) Bin Laden backer blasted The Daily Telegraph (Australia). Retrieved 29 January 2015
  6. „Sheikh Fehmi Imam passed away aged 88“ (en-AU). AMUST (2016-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  7. „Building on social cohesion, harmony and security: An action plan by the Muslim Community Reference Group“ Muslim Community Reference Group. (2006). Canberra. pdf