Lidziya Marozava
| Lidziya Marozava | |
|---|---|
|
Morozova 2019-yilgi Fransiya ochiq chempionatida | |
| Toʻliq ismi | Lidziya Aleksandrovna Morozova |
| Mamlakat |
|
| Tugʻilishi |
1992-yil 8-oktyabr Minsk, Belarus |
| Boʻyi | 1.83 sm |
| Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori | $676 077 |
| Yakkalik bahslar | |
| Rekordi | 144–157 |
| Jami titullari | 0 WTA, 1 ta ITF |
| Eng yuqori pozitsiyasi | 468-oʻrin (2017-yil 25-sentyabr) |
| Juftlik bahslari | |
| Rekordi | 335–299 |
| Jami titullari | 4 ta WTA, 2 ta WTA 125 |
| Eng yuqori pozitsiyasi | 37-oʻrin (2018-yil 1-oktyabr) |
| Joriy pozitsiyasi | 320-oʻrin (2024-yil 18-noyabr) |
| „Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari | |
| Australian Open | 2-bosqich (2018, 2019) |
| French Open | 2-bosqich (2022) |
| Wimbledon | 3-bosqich (2023) |
| US Open | 2-bosqich (2018, 2022) |
| Jamoa musobaqalari | |
| Fed Cup | 4–3 |
| Soʻnggi marta yangilandi: 18-noyabr 2024. | |
Lidziya Morozova (belaruscha: Лідзія Аляксандраўна Марозава, ruscha: Лидия Александровна Морозова, Lidiya Aleksandrovna Morozova; 1992-yil 8-oktyabrda tugʻilgan[1]) belaruslik professional tennischi boʻlib, asosan, juftlik bahslarida ishtirok etadi.
2018-yil 1-oktyabrda Morozova WTA reytingida juftlik bahslari boʻyicha faoliyatidagi eng yuqori natija — 37-oʻringa koʻtarilgan. Sportchi WTA Turda juftlik yoʻnalishida 4 karra chempionlikni, shuningdek, WTA Challenger Turda juftlik yoʻnalishi boʻyicha 2 karra gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
Morozova ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasida 21 ta juftlik bahslari chempionligi va 1 ta yakkalik bahslari chempionligiga sazovor boʻlgan. 2017-yil 25-sentyabrda u yakkalik yoʻnalishida jahon reytingda 468-oʻrinni band qilgan.
Belarus Fed Cup jamoasi safida oʻyin olib boruvchi Morozova 2024-yil avgust holatiga koʻra umumiy 7 ta oʻyindan 4 tasida gʻalaba qozongan va 3 tasida magʻlubiyatga uchragan[2].
Ikkinchi raqamli juftlik Hailey Baptiste va Caty McNally musobaqani davom ettirishdan voz kechgach, Morozova zaxiradan oʻyinga tushib, WTA 250 toifasidagi 2022-yilgi Abierto Zapopan turnirida Kaitlyn Christian bilan birga juftlik bahslarida gʻolib boʻlgan. Ular final uchrashuvida Wang Xinyu va Zhu Lin juftligini magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ru:Морозова Лидия Александровна (08.10.1992)“ (ru). Belarusian Tennis Federation. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-fevral.
- ↑ Andoza:Fed Cup player
- ↑ „Stephens overcomes Bouzkova in Guadalajara, wins first title since 2018“. Women's Tennis Association. Qaraldi: 2024-yil 20-noyabr.