Kontent qismiga oʻtish

N'Golo Kanté

Vikipediya, erkin ensiklopediya
N'Golo Kanté
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi N'Golo Kanté[1]
Tavallud sanasi 1991-yil 29-mart (1991-03-29) (35 yosh)[2]
Tavallud joyi Parij, Fransiya
Boʻyi 1.68 m[3]
Ampluasi Tayanch yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Fenerbahçe
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2010 JS Suresnes
2010—2012 Boulogne
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2013 Boulogne 38 (3)
2013—2015 Caen 75 (4)
2015—2016 Leicester City 37 (1)
2016—2023 Chelsea 190 (11)
2023—2026 Al-Ittihad 79 (8)
2026— Fenerbahçe 7 (1)
Milliy terma jamoa
2016— Fransiya 67 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(17-mart uchun)

NʼGolo Kanté (1991-yil 29-martda tugʻilgan) — fransiyalik professional futbolchi, Turkiya Superligasi ishtirokchisi „Fenerbahche“ va Fransiya terma jamoasida tayanch yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi. NʼGolo oʻz avlodining eng buyuk tayanch yarim himoyachilaridan biri sifatida tanilgan. Oʻzining chidamliligi va maydondagi ishchanligi bilan mashhur[4].

Kanté oʻzining professional karyerasidagi debyutini 2012-yilda „Boulogne“ safida oʻtkazgan. Liga 2 navbatdagi turida zaxiradan maydonga tushgan va keyingi yili uchinchi divizionda butun mavsum davomida oʻynagan. Shundan soʻng u Liga 2 vakili „Can“ klubiga erkin agent sifatida qoʻshilgan. Can jamoasi mavsum yakunida uchinchi oʻrinni egallagan va Liga 1 ga koʻtarilgan. U klubda yana bir yil qolgan va u yerda jamoani turnir jadvalining oʻrtalari oʻrin egallashida yordam bergan. 2015-yilda Kante „Lester Siti“ klubiga 5,6 million funt sterling evaziga qoʻshilgan.

Kante 2016-yilda kutilmaganda Premyer-liga chempioni boʻlgan „Lester Siti“ jamoasining ajralmas qismi edi. Keyingi yili u 32 million funt sterling evaziga „Chelsi“ klubi tarkibiga qoʻshilgan va yana bir bor liga gʻolibi boʻlgan. Bu uni 1992 va 1993-yillarda Eric Cantonadan beri turli klublar bilan ketma-ket Angliya ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi Angliya tashqarisidagi oʻyinchiga aylantirdi[5]. „Chelsi“ bilan u Angliya Kubogi, UEFA Yevropa Ligasi, UEFA Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va FIFA Klublar oʻrtasidagi Jahon Kubogini qoʻlga kiritgan. „Chelsi“ klubida yetti mavsum oʻtkazgandan soʻng, u 2023-yil yozida Saudiya Arabistonining „Al-Ittihod“ klubiga erkin agent sifatida oʻtgan.

Kanté Premyer-liga mavsumining eng yaxshi oʻyinchisi, PFA oʻyinchilarining yilning eng yaxshi oʻyinchisi, FWA yilning eng yaxshi futbolchisi, UEFA erkaklar yarim himoyachisi va ikki marta „Chet eldagi eng yaxshi fransuz oʻyinchisi“ uchun UNFP kubogi bilan taqdirlangan.

Kante Fransiya terma jamoasi safida 2016-yilda kattalar terma jamoasi safida debyut qilgan va 2016-yilgi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan tarkibga kiritilgan. 2017-yilda Kante yetti yil ichida Premyer-ligadan oʻynagan futbolchi uchun birinchi marta Fransiyaning „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ deb topilgan va oʻn ikki oydan soʻng 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida gʻolib chiqqan jamoaning asosiy aʼzosiga aylangan.

  1. "Décret du 31 décembre 2018 portant promotion et nomination" (fr). Official Journal of the French Republic 2019 (1). 1 January 2019. PRER1835394D. https://www.legifrance.gouv.fr/jorf/id/JORFTEXT000037909703. Qaraldi: 28 November 2020.N'Golo Kanté]]
  2. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: France“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „N'Golo Kanté“. Saudi Pro League. Qaraldi: 2024-yil 12-fevral.
  4. „The 25 Best Defensive Midfielders in World Soccer—Ranked“ (en-US). SI (2025-yil 18-iyul). Qaraldi: 2025-yil 30-sentyabr.
  5. Ogden, Mark „Chelsea's N'Golo Kanté should be top contender for Footballer of the Year“. ESPN (2017-yil 9-fevral). 2018-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-yanvar.