Ogʻiz
O'g'iz, o'gʻiz oshi — yangi tuqqan sigirning dastlabki 3 kunlik sutidan tayyorlanadigan taom. Shevalarda dalama, gelagay, palla kabi nomlar bilan ataladi. O'gʻiz suti qozonda sut kabi sust olovda qaynatiladi. Ogʻiz suti tarkibida oʻrtacha 25% quruq modda boʻlib, 5,4 % yogʻ, 15% oqsil, 3,3% sut shakari, 1,3% mineral moddalar, 200 ga yaqin toʻyimli va biologik faol moddalar (BFM) yengil hazm boʻladigan holatda uchraydi. Pishirilganda o'gʻiz sutining oqsili ivib, xuddi tvorogga oʻxshab qola-di, shunda qozonga tuz solib taʼmi rostlanadi. Ayrim joylarda O'gʻizga sedana ham solinadi. Baʼzi joylarda guruch qoʻshib pishiriladi. Mazali, toʻyimli taom ogʻiz sovitib isteʼmol qilinadi. Sigir egasi sut moʻl-koʻl boʻlishini niyat qilib, o'gʻizni yaqin qoʻniqoʻshni va qarindosh-urugʻlarga tarqatadi.
Roʻzimat Hamroqulov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |