Oscar Hiljemark
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Oscar Karl Niclas Hiljemark[1] | ||
| Tavallud sanasi | 1992-yil 28-iyun | ||
| Tavallud joyi | Gislaved, Shvetsiya | ||
| Boʻyi | 1.85 m[2] | ||
| Ampluasi | yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | AaB (assistent) | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| —2008 | Gislaveds IS | ||
| 2008—2010 | IF Elfsborg | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2010—2012 | IF Elfsborg | 61 | (5) |
| 2013—2015 | PSV | 49 | (2) |
| 2015 | → Jong PSV | 3 | (0) |
| 2015—2017 | Palermo | 53 | (4) |
| 2016—2017 | → Genoa (ijara) | 14 | (2) |
| 2017—2020 | Genoa | 32 | (1) |
| 2017—2018 | → Panathinaikos (ijara) | 16 | (2) |
| 2019—2020 | → Dynamo Moscow (ijara) | 14 | (0) |
| 2020—2021 | AaB | 11 | (1) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2009 | Shvetsiya U17 | 3 | (1) |
| 2009-2010 | Shvetsiya U19 | 10 | (2) |
| 2011—2015 | Shvetsiya U21 | 37 | (4) |
| 2012—2020 | Shvetsiya | 28 | (2) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2021— | AaB (assistent) | ||
| 2022 | AaB | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Oscar Carl Niclas Hiljemark (talaffuzi: Oskar Karl Niklas Xiljemark; 1992-yil 28-iyunda Shvetsiyada tugʻilgan) — shvetsiyalik futbolchi, yarim himoyachi. U Shvetsiya terma jamoasida oʻynagan. 2016-yilgi Yevropa chempionati va 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi. Endi u murabbiylik faoliyatini boshlagan.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Elfsborg“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. 2010-yil 26-sentabrda Allsvenskan ligasida „Idrottsföreningen Brommapojkarna“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[3]. 27-iyun kuni „Syuriansk“ futbol klubiga qarshi bahsda u „Elfsborg“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan[4]. 2012-yilda Hiljemark klubga Shvetsiya chempionatida g‘alaba qozonishga yordam bergan. Keyingi ikki mavsum yakunlariga koʻra, u liganing eng yaxshi yosh futbolchilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yil 9-fevralda Portugaliya yoshlar terma jamoasiga qarshi bahsda u Shvetsiya yoshlar terma jamoasi safida debyut qilgan.
2011-yil 18-yanvarda Bahrayn terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida u Shvetsiya terma jamoasi safida debyut qilgan[5]. Oʻsha uchrashuvda u oʻzining birinchi golini urgan.
2015-yilda Shvetsiya yoshlar terma jamoasi tarkibida u Chexiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan. Turnirda u Daniya, Italiya, Angliya va ikki marta Portugaliya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[6][7][8][9][10]. Daniyaliklarga qarshi kechgan bahsda u gol urgan.
2016-yilning yozida u milliy terma jamoaning Fransiyada boʻlib oʻtadigan Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun tarkibga kiritilgan. U turnirda zaxiradan maydonga tushmagan.
2016-yil 10-oktabr kuni JCh—2018 saralash bosqichi doirasida Bolgariyaga qarshi o‘yinda Xilyemark milliy terma jamoa safida rasmiy o‘yinda birinchi golni urgan[11].
2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Janubiy Koreya va Meksika jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[12][13].
2021-yilda u 28 yoshida son jarohati tufayli nafaqaga chiqqan.
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Jamoa | Mamlakat | Mavsum | Oʻyin | Gol |
|---|---|---|---|---|
| IF Elfsborg | 2010—2013 | 75 | 8 | |
| PSV Eindhoven | 2013—2015 | 65 | 2 | |
| U. S. Palermo | 2015—2016 | 55 | 4 | |
| Genoa C. F. C. | 2017—2019 | 47 | 3 | |
| Panathinaikos F. C. (Cesión) | 2017—2018 | 19 | 2 | |
| F. C. Dinamo Moscow | 2019—2020 | 15 | 0 | |
| Aalborg BK | 2020—2021 | 11 | 1 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
- ↑ „Oscar Hiljemark – Genoa Cricket and Football Club – Official Website“.
- ↑ „Броммапойкарна VS. Эльфсборг 2:2“ (en). soccerway.com (2010—09—26).
- ↑ „Эльфсборг VS. Сюрианска 2:1“ (en). soccerway.com (2011—06—27).
- ↑ „Кипр VS. Швеция 0:2“ (en). soccerway.com (2011—02—08).
- ↑ „Дания (до 21) VS. Швеция (до 21) 1:4“ (ru). soccerway.com (2015-yil 27-iyun).
- ↑ „Италия (до 21) VS. Швеция (до 21) 1:2“ (ru). soccerway.com (2015-yil 18-iyun).
- ↑ „Швеция (до 21) VS. Англия (до 21) 0:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 21-iyun).
- ↑ „Португалия (до 21) VS. Швеция (до 21) 1:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 24-iyun).
- ↑ „Швеция (до 21) VS. Португалия (до 21) 0:0“ (ru). soccerway.com (2015-yil 30-iyun).
- ↑ „Швеция VS. Болгария 3:0“ (ru). soccerway.com (2016-yil 10-oktyabr).
- ↑ „Швеция VS. Южная Корея 1:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 18-iyun).
- ↑ „Мексика VS. Швеция 0:3“ (en). soccerway.com (2018-yil 27-iyun).
