Kontent qismiga oʻtish

Pokiston madhiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
oʻzbekcha: „Davlat madhiyasi“

 Pakistan Pokiston davlat madhiyasi
Soʻz muallif(lar)i Hofiz Jallundariy, 1954-yil
Bastakor Akbar Muhammad, 1950-yil
Qabul qilindi 1954-yil

„Qavmiy Tarona“ (urducha: قومی ترانه; „Davlat madhiyasi“) – Pokistonning davlat madhiyasi hisoblanadi. Madhiya soʻzlari Hofiz Jallundariy tomonidan 1954-yilda yozilgan. Madhiya musiqasi 1950-yilda Akbar Muhammad tomonidan bastalangan. Ushbu madhiya 1954-yilda rasman qabul qilingan.

Urdu soʻzlarida Transkripsiyasi Oʻzbekcha tarjimasi

پاک سرزمین شاد باد
کشورِ حسین شاد باد
تُو نشانِ عزمِ عالی شان
ارضِ پاکستان!‏
مرکزِ یقین شاد باد

پاک سرزمین کا نظام
قُوَّتِ اُخوَّتِ عوام
قوم، ملک، سلطنت
پایندہ تابندہ باد!‏
شاد باد منزلِ مراد

پرچمِ ستارہ و هلال
رهبرِ ترقِّی و کمال
ترجمانِ ماضی، شانِ حال
جانِ استقبال!‏
سایه‌ی خدای ذوالجلال

Pok sarzamin shod bod
Kishvari hasin shod bod
Tu nishoni azmi olishon
Arzi Pokiston!
Markazi yaqin shod bod

Pok sarzamin ko nizom
Quvvati uxuvvati avom
Qavm, mulk, saltanat
Poyanda tobanda bod!
Shod bod manzili murod

Parchami sitora va hilol
Rahbari taraqqi va kamol
Tarjumoni moziy, shoni hol
Joni istiqbol!
Soyayi xudoyi zuljalol!

Shod boʻl pok va muqaddas yer,
Buyuk yurt shod boʻl.
Sen oliydirsan,
Pokiston yeri!
Imon mash'ali shod boʻl.
Muqaddas yerning tartibi,
Ulugʻ yer quvvati.
Xalq, mulk, saltanat,
Porla hamavaqt!
Murodinga yetishda shodlan.
Yarim oy va yulduzli bayroq
Taraqqiyot va kamol rahbari.
Tarix va shon tarjimoni,
Istiqbol kuchi!
Ulugʻ Xudoning soyasi.