Kontent qismiga oʻtish

Taxi Driver

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Taxi Driver

Film logosi
Rejissyor(lar) Martin Scorsese
Prodyuser(lar)
Ssenariy
muallif(lar)i
Paul Schrader
Rollarda
Bastakor(lar) Bernard Herrmann
Operator(lar) Michael Chapman
Montajyor(lar)
Studiya
  • Bill/Phillips Productions
  • Italo-Judeo Productions
Distribyutor Columbia Pictures
Premyera
sanasi
Davomiylik 114 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSH
Til inglizcha
Byudjet $1.9 million[2][3]
Daromad $28.6 million[4]

Taxi Driver (oʻzbekcha: Taksi Haydovchisi) – 1976-yilda suratga olingan amerika neo-noir janridagi psixologik vigilant filmi boʻlib, Martin Scorsese tomonidan rejissyorlik qilingan, ssenariyini esa Paul Schrader yozgan. Filmda bosh rollarni Robert De Niro, Jodie Foster, Cybill Shepherd, Harvey Keitel, Peter Boyle, Leonard Harris va Albert Brooks ijro etishgan. Film voqealari Vyetnam urushidan keyingi axloqiy jihatdan tanazzulga uchragan Nyu York shahrida boʻlib oʻtadi. Filmda Travis Bickle (De Niro) ismli urush faxriysi va taksi haydovchisi hamda uning tungi shaharda ishlash davomida ruhiy holatining yomonlashishini haqida soʻz boradi.

The Wrong Man (1956) va A Bigger Splash (1973) filmlaridan ilhomlanib, Scorsese ushbu film voqealarini tomoshabinlar tushda sodir boʻlganday his qilishni xohlaydi. Operator Michael Chapman bilan birga suratga olish ishlari 1975-yil yozida Nyu York shahrida boshlangan, loyiha 1,9 million dollarlik kichik byudjetda amalga oshirilishi uchun aktyorlar ish haqlari qisqartirilgan. Suratga olish ishlari oʻsha yilda yakunlangan. Bernard Herrmann film uchun musiqa bastalagan va bu uning oxirgi ishi boʻlgan, musiqani bastalab tugatgandan bir necha soat oʻtgach vafot etgan va film unga bagʻishlanadi.

  1. ↑ „Taxi Driver (18)“. British Board of Film Classification (2006-yil 5-may). 2020-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.
  2. ↑ F. Dick, Bernard. Columbia Pictures: Portrait of a Studio. University Press of Kentucky, 1992 — 193-bet. ISBN 9780813149615. Qaraldi: 2018-yil 8-mart (2018-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan). 
  3. ↑ Grist, Leighton. The Films of Martin Scorsese, 1963–77: Authorship and Context. Palgrave Macmillan, 2000 — 130-bet. ISBN 9780230286146. Qaraldi: 2018-yil 8-mart (2018-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan). 
  4. ↑ „Taxi Driver“. Box Office Mojo. IMDb. 2021-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-fevral.