Zalsburg
Zalsburg (nem. Salz—tuz va burg— shahar) — Avstriyaning markaziy qismidagi shahar. Zalsax daryosining har ikki sohilida, 1300–2000 m baland likda, Zalsburg soyligida joylashgan. Zalsburg yerining maʼmuriy markazi. Axrlisi 144,2 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Toʻqimachilik, oziqovqat, mashinasozlik, poligrafiya, yogochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Musiqa asboblari ishlab chiqariladi, marmar qayta ishlanadi. 3. oʻrnida qadimda keltlar yashagan, rimliklar Z.ni Yuvavum deb atagan. XI—XII asrlardan 3. atrofidan koʻplab tuz qazib olina boshlagan. 1805-yildan Zalsburg Avstriya, 1810-yildan Bavariya, 1815-yildan yana Avstriya tarkibida. Zalsburgda V. Motsart tugʻilgan uy, Karolina Avgusta muzeyi bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan eski shahar qismida (daryoning chap sohili) barokko uslubidagi sobor (1611—28), arxiyepiskop qarorgohi (1120), cherkovlar va boshqa saqlangan. Yangi zamonaviy binolar daryoning oʻng sohilida joylashgan. Festivallar uyida musiqa va teatr sanʼatining xalqaro festivallari boʻlib turadi. Turizm markazi. Teatri bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |