Bosniya va Gersegovina futbol assotsiatsiyasi
| UEFA | |
|---|---|
|
| |
| Qisqa nomi | N/FSBiH |
| Tashkil etilgan |
|
| Shtab-kvartirasi | Sarayevo |
| FIFA ga aʼzo boʻlgan sana |
1996-yil |
| UEFA ga aʼzo boʻlgan sana |
1998-yil |
| Prezident | Vico Zeljković |
| Vebsayt | nfsbih.ba |
Bosniya va Gersegovina futbol assotsiatsiyasi (Nogometni/Fudbalski Savez Bosne i Hercegovine (N/FSBiH); Nogometni/Fudbalski Savez Bosne i Xersegovine (N/FSBiX)) – bosh qarorgohi Sarayevoda joylashgan boʻlib, mamlakatdagi futbol boshqaruvi organidir. Bosniya futbol assotsiatsiyasi dastlab 1920-yilda Yugoslaviya tarkibidagi Sarayevo futbol subassotsiatsiyasi sifatida tashkil etilgan. 1992-yilda esa Bosniya va Gersegovina mustaqillikka erishganidan soʻng, u Bosniya va Gersegovina futbol assotsiatsiyasi sifatida qayta tashkil etildi.
2002-yil may oyida Bosniya va Gersegovina futbol federatsiyasi, tarkibiga Bosniyadagi ikkala hududiy futbol assotsiatsiyasini – yaʼni Serbska Respublikasi futbol assotsiatsiyasi hamda ilgari birlashgan Bosniya va Gersegovina futbol assotsiatsiyasi va Herseg-Bosniya futbol federatsiyasini qamrab olgan yagona tashkilot sifatida birlashtirildi. 2011-yil aprel oyida u oʻz nomini „Bosniya va Gersegovina futbol federatsiyasi“dan „Bosniya va Gersegovina futbol assotsiatsiyasi“ga oʻzgartirdi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mustaqillikdan avval (1903–1992)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbol oʻyini XX asr boshlarida Bosniya va Gersegovinaga kirib kelgan boʻlib, Sarayevo (1903-yilda)[1] va Mostar (1905-yilda)[2] uni birinchi boʻlib qabul qilgan shaharlardan boʻlgan. Keyinchalik Banya Luka, Tuzla, Zenitsa va Bixach shaharlari, shuningdek, koʻplab kichikroq shaharchalarda ham ushbu sport turi tarqala boshlagan. Rasmiy musobaqalar 1908-yilda boshlangan paytda mamlakat Avstriya-Vengriya boshqaruvi ostida edi, biroq turnirlar har bir hudud doirasida kichik koʻlamda olib borilgan[3]. Birinchi jahon urushi boshlanganda, Sarayevoda beshta futbol klubi mavjud edi, ulardan toʻrttasi diniy va etnik mansublikka asoslangan edi: Bosniya xorvatlariga oid „Hrvatski ŠK“ (keyinchalik SAŠK nomi bilan tanilgan), Bosniya serblariga mansub „Srpski ŠK“ (keyinchalik Slavija), Bosniyaklarga oid „Muslimanski ŠK“ (keyinchalik Sarajevski) va Bosniya yahudiylariga tegishli „Židovski ŠK“ (keyinchalik Barkohba). Faqat bitta klub – ishchilar klubi „RŠD Hajduk“ esa koʻp millatli edi[4][5]. Sarayevodagi klublardan tashqari, poytaxtdan tashqarida taxminan 20 ta klub faoliyat yuritgan. 1918-yildan keyin Yugoslaviya Qirolligining tashkil etilishi futbol ligalari sonining ortishiga olib keldi va koʻp oʻtmay, butun mamlakat boʻylab milliy chempionat tashkil etildi. Unda Bosniya va Gersegovinadan ikki jamoa – Banya Luka futbol subassotsiatsiyasi va Sarayevo futbol subassotsiatsiyasi chempionlari ishtirok etdi. 1920-yilda Bosniya va Gersegovina futbol assotsiatsiyasining bevosita ajdodi boʻlgan Sarayevo futbol subassotsiatsiyasi tashkil etilgan. Birlashtirilgan chempionat 1939/40-yilgi mavsumgacha davom etgan.
Ikkinchi jahon urushidan soʻng Bosniya va Gersegovina futbol assotsiatsiyasi tashkil etildi va Yugoslaviya futbol assotsiatsiyasiga aʼzo boʻldi.
Oʻsha davrda Bosniya va Gersegovinaning eng kuchli klublari – FK Sarajevo, FK Željezničar (Sarajevo), FK Velež (Mostar), FK Sloboda (Tuzla), NK Čelik (Zenica) va FK Borac (Banja Luka) boʻlib, ular Yugoslaviya birinchi ligasi, ikkinchi ligasi hamda kubok musobaqalarida oʻrtacha yoki yaxshi natijalarga erishgan. Shu bilan birga, Predrag Pašić, Vahid Halilhodžić, Davor Jozić, Safet Sušić, Josip Katalinski, Faruk Hadžibegić, Ivica Osim, Asim Ferhatović, Blaž Slišković, Mehmed Baždarević, Dušan Bajević, Edhem Šljivo, Enver Marić kabi eng yaxshi futbolchilari Yugoslaviya milliy terma jamoasiga tanlab olingan[6].
Mustaqillikdan keyin (1992–hozir)
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997–98-yilgi mavsumda Bosniya va Gersegovina futbol ligasi musobaqasida ilk bor bosniyak va bosniyalik xorvat klublari bir-biriga qarshi oʻynadi. Bungacha esa ligalar qatʼiy etnik chiziqlar boʻyicha alohida olib borilgan edi. Bosniyalik serblar klublari esa 2002-yilda ligalar tizimiga qoʻshildi.
Premyer-liganing birlashtirilishi (2002-yil may)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2002-yilning may oyida Bosniya va Gersegovina futbol assotsiatsiyasi yagona tashkilotga aylantirildi va u Bosniyaning ikki subyekti futbol assotsiatsiyalarini – bosh qarorgohi Sarayevoda joylashgan Bosniya va Gersegovina federatsiyasi futbol assotsiatsiyasi[7] hamda bosh qarorgohi Banya-Lukada joylashgan Serbska Respublikasi futbol assotsiatsiyasini[8] oʻz ichiga oldi. Ikkala subyekt klublarini birlashtirgan yagona Bosniya va Gersegovina oliy ligasi 2002–03-yilgi mavsumdan boshlab faoliyat yurita boshladi va hozirga qadar davom etmoqda. Har bir yarim avtonom hududning oʻziga xos alohida futbol federatsiyasi ham mavjud[9].
FIFA ning Bosniya futbol assotsiatsiyasini vaqtinchalik chetlatishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
UEFA va FIFA 2011-yil 1-aprel sanasida Bosniya va Gersegovina futbol assotsiatsiyasi faoliyatini darhol toʻxtatganini maʼlum qildi[10][11]. Bu qaror Assotsiatsiya UEFA ning yangi nizomini, xususan tashkilotni yagona prezident boshqarishi kerakligi haqidagi qoida talablarini bajarmagani sababli qabul qilindi[12]. Ular har bir asosiy milliy guruh – bosniyaklar, bosniyalik serblar va bosniyalik xorvatlar uchun bittadan prezident boʻlishini istashgan, bu holat Dayton kelishuvidagi kabi edi. 2011-yil 30-may kuni ushbu uch etnik guruh tomonidan yangi nizom bir ovozdan maʼqullangach, chetlatish bekor qilindi[13][14].
Soʻnggi yillarda ayrim bosniyalik futbolchilar Bosniya va Gersegovina Futbol Assotsiatsiyasining oʻsha vaqtdagi rahbarlariga qarshi ochiq norozilik bildirgan edi – bu rahbarlar koʻpincha kasbiy malakaga emas, balki etnik mansublik asosida tayinlangan yoki saylangan edi. Muxlislar esa oʻyinlarni boykot qilish yoki tashrif buyurgan uchrashuvlarda assotsiatsiyaga qarshi bannerlar koʻrsatish orqali norozilik bildirgan. 13 nafar Bosniya terma jamoasi futbolchilari – Misimović, Berberović, Grujić, Bartolović, Hrgović, Bajramović, Papac, Spahić, Milenković, Grlić, Bešlija, Hasagić va Tolja Dnevni Avaz kundalik gazetasida eʼlon qilingan bayonotda, agar toʻrt nafar assotsiatsiya amaldori – Milan Jelić, Iljo Dominković, Sulejman Čolaković va Ahmet Pašalić isteʼfoga chiqmaguncha, barcha terma jamoa oʻyinlarini boykot qilishlarini eʼlon qilganlar[15]. "Bu odamlar ushbu lavozimlarda ishlayotgan ekan, biz endi terma jamoaga chaqiruvlarni qabul qilmaymiz. Umid qilamizki, bizning bu harakatimiz mamlakat futbolidagi bu „saraton“ni davolash yoʻlida ilk qadam boʻladi va yuragimiz uradigan terma jamoa uchun yangi bir muqaddimani boshlab beradi" deya maktub yozishgan. Natijada, EURO 2008 saralash bosqichini davom ettirish uchun yangi jamoani shakllantirishga toʻgʻri keldi. Sobiq hujumchilar Sergej Barbarez va Elvir Bolić Bosniya futbol assotsiatsiyasidagi korrupsiyaga qarshi eng faol norozilik bildirgan shaxslar boʻlishdi. Ular yillar davomida Bosniya futbolidagi ahvol haqida chuqur noroziliklarini ifoda etib, koʻplab telekoʻrsatuvlarda chiqish qilgan.
FIFA ning Normalizatsiya qoʻmitasini joriy etishi (2011-yil aprel – 2012-yil dekabr)
[tahrir | manbasini tahrirlash]
2011-yil 1-apreldan 2012-yil dekabrigacha NSBiH FIFA tomonidan tayinlangan Normalizatsiya qoʻmitasi tomonidan boshqarilgan. Uni mashhur futbolchi Ivica Osim boshqargan va ushbu qoʻmita FIFA tomonidan qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilishga yordam bergan[17].
Normallashtirish qoʻmitasi tarkibiga sobiq futbolchilar va murabbiylar – Faruk Hadžibegić, Dušan Bajević, Sergej Barbarez va Jasmin Baković ham kiritilgan. Koʻplab futbol ishqibozlariga koʻra, bu oʻzgarish mamlakat futboli uchun ijobiy qadam boʻlgan. Vazifasidan chetlatilganlar orasida NSBiH ning sobiq bosh kotibi Munib Ušanović ham bor edi. U soliq toʻlashdan boʻyin tovlash va Bosniya futbol federatsiyasi mablagʻlarini noqonuniy oʻzlashtirishda aybdor deb topilgan. Miodrag Kureš bilan birga, Munib Ušanović soliq firibgarligi boʻyicha besh yilga qamoq jazosiga hukm qilingan[18].
Elvedin Begićning birinchi yakka prezident sifatida saylanishi (2012-yil dekabr)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil 13-dekabr kuni Bosniya va Gertsegovina futbol assotsiatsiyasi aʼzolari Elvedin Begićni keyingi toʻrt yilga BiH futbol tashkilotining yangi va birinchi yakka prezidenti etib saylashdi[19][20]. Begić ushbu lavozimga tayinlanishidan avval Normalizatsiya qoʻmitasi vitse-prezidenti boʻlib xizmat qilgan edi.
UEFA prezidentining Zenitsada sport markazini ochishi (2013-yil sentabr)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yil 2-sentabr kuni UEFA prezidenti Michel Platini UEFA, FIFA va Zenitsa shahri moliyaviy koʻmagida qurilgan Bosniya va Gersegovina futbol assotsiatsiyasining zamonaviy yangi mashgʻulot markazini ochdi[21]. Michel Platini va Bosniya va Gersegovina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Elvedin Begić bilan bir qatorda, mintaqadan taklif etilgan boshqa maxsus mehmonlar qatorida Xorvatiya futbol federatsiyasi prezidenti Davor Šuker va Serbiya futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi Zoran Laković ham ishtirok etdi. Tadbirda, shuningdek, Ivica Osim, Jasmin Baković, Rodoljub Petković hamda oʻsha vaqtdagi Bosniya va Gersegovina terma jamoasi murabbiylari Safet Sušić va Borče Sredojević, sobiq jamoa sardori Emir Spahić, Senad Lulić, shuningdek oʻsha paytdagi 21 yoshgacha boʻlganlar jamoasi murabbiyi Vlado Jagodić, sobiq futbolchilar Muhamed Konjić, Elvir Bolić, Vedin Musić va boshqalar ham qatnashdi[22].
Mostardagi futbol akademiyasi (2015-yil yanvar)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil 20-yanvarda „Projekat obnove sportskog centra u Mostaru za pomirenje u zajednici kroz promociju sporta“ loyihasi eʼlon qilindi. Ushbu loyiha doirasida Mostardagi SKC Kantarevac sport markazi qayta quriladi va u shahar uchun yangi futbol akademiyasi sifatida xizmat qiladi. Loyiha Yaponiya elchixonasi va Tsuneyasu Miyamoto (Yaponiya terma jamoasining sobiq sardori) tomonidan, shuningdek, mahalliy darajada Ivica Osim tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi[23].
Vico Zeljkovićning prezident sifatida saylanishi (2021-yil mart)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 16-mart kuni Serbska Republikasi futbol assotsiatsiyasi prezidenti Vico Zeljković Bosniya va Gersegovina FA ning prezidenti etib saylandi[24].
Prezidentlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosniya 1996-yilda FIFA aʼzoligiga qabul qilinganidan boshlab 2011-yil aprelgacha Futbol assotsiatsiyasi uch kishilik prezidentlik kengashi tomonidan boshqarilgan boʻlib, uning tarkibiga bir bosniyak, bir xorvat va bir serb kirgan[25]. Bosniyadagi oʻziga xos siyosiy holatdagi ushbu tuzilmaga yillar davomida FIFA va UEFA chidab kelgan edi. Biroq, 2011-yil 1-aprelda assotsiatsiya FIFA nizomlariga zid harakati uchun vaqtincha chetlatilinganida bu davr yakunlangan.
| № | Prezident | Davr | |
|---|---|---|---|
| FSBiH Boshqaruvi aʼzolari sifatida | |||
| 1 | Jusuf Pušina
Jerko Doko |
1994-yil – 2002-yil may | |
| 2 | Sulejman Čolaković
Milan Jelić Bogdan Čeko Iljo Dominković |
2002-yil may – 2011-yil 18-aprel | |
| N/FSBiH Normalizatsiya qoʻmitasi prezidenti sifatida | |||
| 1 | Ivica Osim | 2011-yil 18-aprel – 2012-yil 13-dekabr | |
| N/FSBiH prezidenti sifatida | |||
| 1 | Elvedin Begić | 2012-yil 13-dekabr – 2021-yil 16-mart | |
| 2 | Vico Zeljković | 2021-yil 16-mart – hozir | |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ radiosarajevo.ba. „Znate li kad je fudbalska lopta donešena u Sarajevo?“ (bs). radiosarajevo.ba (2014-yil 12-avgust). 2014-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Uefa.com. „Bosnian standards continue to rise“. UEFA (2010-yil 21-fevral). 2010-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ nfsbih.ba. „Hronologija Razvoja Saveza“ (bs). nfsbih.ba (2010-yil 1-yanvar).
- ↑ fsks.ba. „Fudbal u Sarajevu“ (bs). fsks.ba (2011-yil 16-avgust). 2013-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ rsssf.com. „Regional Leagues 1938/39 Sarajevski Podsavez“. RSSSF (2014-yil 12-avgust).
- ↑ H. Ljevo. „From Brazil to Brazil in 64 years“. sportsport.ba (2013-yil 11-dekabr).
- ↑ nsfbih.ba. „Fudbalski Savez FBiH“ (bs). nsfbih.ba (2012-yil 15-dekabr). 2019-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ fsrs.org. „Fudbalski Savez RS“. fsrs.org (2012-yil 15-dekabr).
- ↑ „FIFA take over Bosnia federation“ (en). Al Jazeera.
- ↑ „Bosnian-Herzegovinian FA suspended“. UEFA (2011-yil 1-aprel).
- ↑ „Football Association of Bosnia-Herzegovina suspended“. FIFA (2011-yil 1-aprel). 2011-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Bosnia suspended by Fifa“. SKY Sports (2011-yil 1-aprel).
- ↑ Fena. „UEFA ukinula suspenziju“ (bs). Sarajevo-X (2011-yil 28-may).
- ↑ Sarajevo-X. „I FIFA ukinula suspenziju“ (bs). Sarajevo-X (2011-yil 30-may).
- ↑ „Reprezentativci BiH neće igrati dok ne odu Jelić, Dominković, Čolaković i Pašalić“ (bs). Sarajevo-X (2006-yil 31-oktyabr).
- ↑ „World Cup: How Bosnia found winning team“. bbc.com (2014-yil 15-iyun).
- ↑ „FIFA Names Ivica Osim Head of Bosnian Football :: Balkan Insight“.
- ↑ „Bosnia soccer officials jailed for 5 years over tax“. Reuters (2009-yil 23-noyabr). 2019-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ uefa.com. „Begić elected as NFSBiH president“. UEFA (2012-yil 18-dekabr).
- ↑ Daria Sito-Sucic. „Soccer-Bosnia gets single president in line with FIFA rules“. yahoo.com (2012-yil 13-dekabr). 2012-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Fuad Krvavac. „UEFA President opens NFSBiH centre“. UEFA (2013-yil 2-sentyabr).
- ↑ reprezentacija.ba. „Michel Platini i Elvedin Begic u zenici otvorili trening centar nfsbih“. reprezentacija.ba (2013-yil 2-sentyabr). 2013-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ reprezentacija.ba. „Japanci u posjeti čelnicima Nogometnog saveza BiH: Projekat pomoći spreman za realizaciju“. reprezentacija.ba (2013-yil 2-sentyabr).
- ↑ E.B. „Vico Zeljković je novi predsjednik Nogometnog saveza BiH“ (bs). Klix.ba (2021-yil 16-mart).
- ↑ ahram.org.eg. „Bosnia reject FIFA request and keep 3 FA chiefs“. ahram.org.eg (2011-yil 29-mart).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bosniya va Gersegovina futbol assotsiatsiyasi
- Bosniya va Gersegovina FIFA vebsaytida
- Bosniya va Gersegovina UEFA vebsaytida