Ellyes Skhiri
|
Skhiri „1. FC Köln“ jamoasi safida, 2021-yil | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Ellyes Joris Skhiri[1] | ||
| Tavallud sanasi | 1995-yil 10-may[2] | ||
| Tavallud joyi | Lunel, Fransiya | ||
| Boʻyi | 1.85 m[1][2] | ||
| Ampluasi | Tayanch yarim himoyachisi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Eintracht Frankfurt | ||
| Raqami | 15 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1999–2010 | Gallia Club Lunel | ||
| 2010–2014 | Montpellier | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2014–2015 | Montpellier B | 57 | (3) |
| 2015–2019 | Montpellier | 123 | (10) |
| 2019–2023 | 1. FC Köln | 118 | (17) |
| 2023– | Eintracht Frankfurt | 82 | (3) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2014 | Tunis U-23 | 1 | (0) |
| 2018– | Tunis | 86 | (4) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2026-yil 16-may uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2026-yil 26-iyun uchun) | |||
Ellyes Joris Skhiri (arabcha: إلياس السخيري; 1995-yil 10-mayda tugʻilgan) — professional futbolchi. U Bundesliganing „Eintracht Frankfurt“ klubi safida tayanch yarim himoyachisi sifatida toʻp suradi[3]. Fransiyada tugʻilgan boʻlsa-da, Tunis milliy terma jamoasi sharafini himoya qiladi[4][5].
Klublardagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Montpellier
[tahrir | manbasini tahrirlash]Skhiri „Montpellier“ futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Ligue 1dagi debyutini 2015-yil 21-mart kuni „Evian Thonon Gaillard“ jamoasiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan. Mazkur bahsda u qoʻshib berilgan daqiqalarda Paul Lasne oʻrniga maydonga tushgan. Uchrashuv „Montpellier“ning safarda 0:1 hisobidagi magʻlubiyati bilan yakunlangan[6].
FC Köln
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil 29-iyulda Skhiri „1. FC Köln“ klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan[7]. 2020-yil 28-noyabrda u „Borussia Dortmund“ga qarshi safardagi 2:1 hisobidagi jamoasining gʻalabasi bilan yakunlangan uchrashuvda ikkita gol muallifiga aylangan[8].
Eintracht Frankfurt
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil 5-iyulda Skhiri Bundesliganing „Eintracht Frankfurt“ klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan. Oradan bir oy oʻtib, 31-avgust kuni u 2023–24-yilgi UEFA Konferensiyalar ligasi pley-off bosqichi javob uchrashuvida „Levski Sofiya“ ustidan 2:0 hisobida qozonilgan gʻalabada oʻzining klub safidagi ilk golini kiritgan[9]. Ushbu gʻalaba „Eintracht Frankfurt“ning musobaqa guruh bosqichiga yoʻl olishini taʼminlagan[10].
Terma jamoadagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Skhiri Fransiyada tugʻilgan. Otasi tunislik va onasi fransuz boʻlgan. U bir necha bor Tunis olimpiya terma jamoasiga chaqirilgan[11]. Olimpiya terma jamoasi safidagi debyutini Marokash U-23 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan[12].
Skhiri Tunis milliy terma jamoasi safidagi debyutini 2018-yil 23-mart kuni Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan. Mazkur bahs Tunisning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan[13].
2018-yil iyun oyida u Rossiyada boʻlib oʻtgan 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun Tunisning 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibiga kiritilgan[14]. Shuningdek, u 2019-yilgi Afrika Millatlar kubogida yarim finalgacha yetib borgan terma jamoa tarkibidan ham oʻrin olgan[15].
2022-yil noyabr oyida Skhiri Qatarda boʻlib oʻtgan 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun Tunis terma jamoasiga chaqirilgan[16]. Shuningdek, u 2023-yilgi Afrika Millatlar kubogi uchun ham milliy terma jamoa tarkibidan joy olgan[17].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
- 1 2 „Ellyes Joris Skhiri | Playerprofile | Bundesliga“. bundesliga.com. DFL. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „Nach vier Jahren: Skhiri verlässt Köln“ (de). kicker. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
- ↑ „E. Skhiri“. Soccerway. Qaraldi: 2013-yil 10-avgust.
- ↑ „FC VERPFLICHTET ELLYES SKHIRI“. 1. FC Köln (2019-yil 29-iyul). 2019-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-iyul.
- ↑ „Evian TG vs. Montpellier – 21 March 2015 – Soccerway“. soccerway.com. Qaraldi: 2015-yil 23-may.
- ↑ „FC verpflichtet Ellyes Skhiri“ (de). 1. FC Köln (2019-yil 29-iyul). 2019-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-iyul.
- ↑ „Ellyes Skhiri gives Cologne a much-needed shot in the arm with first win since March“. bundesliga.com (2020-yil 28-noyabr).
- ↑ „Ellyes Skhiri wird Adlerträger“ (de). Eintracht Frankfurt (2023-yil 5-iyul).
- ↑ „Eintracht's European journey continues“. Eintracht Frankfurt (2023-yil 31-avgust).
- ↑ „Sélection Nationale Olympique : Maher Kanzari convoque 29 Joueurs – Fédération Tunisienne de Football“. www.ftf.org.tn.
- ↑ Vavel „La semaine des internationaux Pailladins“ (2014-yil 13-oktyabr). 2016-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 16-iyul.
- ↑ „Internationals (Sky Sports)“. SkySports.
- ↑ Okeleji, Oluwashina. „Tunisia World Cup squad: Leicester City's Benalouane in 23-man squad“. BBC Sport (2018-yil 2-iyun). Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
- ↑ „Ellyes Skhiri: Who is Cologne's Tunisian running man?“. Bundesliga (2022-yil 29-noyabr).
- ↑ „Khazri and Hannibal headline Tunisia squad announcement“. FIFA (2022-yil 14-noyabr).
- ↑ Guerin, Andreas „CAN 2024 : Mejbri absent, un joueur de Ligue 1 convoqué… La liste officielle de la Tunisie“ (fr). Le Parisien (2023-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- 10-mayda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Tunislik erkak futbolchilar
- Fransiyalik erkak futbolchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- 1. FC Köln futbolchilari
- Montpellier HSC futbolchilari
- Eintracht Frankfurt futbolchilari
- Liga 1 futbolchilari
- Bundesliga futbolchilari
- Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar
- Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar
- FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari
