Pan Gi Mun
| Pan Gi Mun | |
|---|---|
반기문 | |
|
| |
| BMTning 8-bosh kotibi | |
|
Mansab davri 2007-yil 1-yanvardan – 2016-yil 31-dekabrgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Kofi Annan |
| Vorisi | António Guterres |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1944-yil 13-iyun Chxonjin, Janubiy Koreya |
| Mukofotlari |
|
Pan Gi Mun (hangul: 반기문, hanja: 潘基文; 13-iyun, 1944) Birlashgan Millatlar Tashkilotining sakkizinchi bosh kotibi. Bu mansabga Kofi Annandan soʻng, 2007-yili saylangan. Bungacha u Koreya Respublikasi Tashqi Ishlar va Savdo Vazirligida diplomat boʻlib ishlagan. Diplomatlik karyerasini universitetni bitirgan yiliyoq Hindistonda boshlagan. 2004–2006-yillarda Pan Tashqi Ishlar Vaziri boʻlgan.
2006-yil 13-oktyabrda Pan Gi Mun BMT Bosh Assambleyasida bosh kotib etib saylandi. 2007-yil yanvarida Annan mansabdan ketdi, uning oʻrnini Pan egalladi. Pan bu mansabda Darfur ziddiyatini hal qilishga harakat qildi, Umar al-Bashirni mintaqaga tinchlikparvar qoʻshinlar kirgizishga koʻndirdi; global issiqlashuv muammosini yechish ustida ishladi, bunda u AQShning sobiq prezidenti George W. Bush'ga muntazam ravishda bosim oʻtkazishga harakat qildi. Biroq Pan Gi Mun tanqid ham qilindi: BMT Ichki Nazorat Xizmati uni BMT ahamiyatining susayishida aybladi.[1]
2011-yili Pan bosh kotib martabasiga ikkinchi marotaba nomzodini qoʻydi. 2011-yil 21-iyunida u bir ovozdan bosh kotib etib qayta saylandi, u bu mansabda 2016-yil 31-dekabrigacha qoladi.[2][3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ahlenius End of Assignment Report“. Foreign_Policy (2010-yil 14-iyun). Qaraldi: 2011-yil 16-yanvar.
- ↑ „General Assembly appoints Ban Ki-moon to second term as UN Secretary-General“. UN News Service (21-iyun 2011-yil). Qaraldi: 21-iyun 2011-yil.
- ↑ Louis Charbonneau.. „U.N. assembly approves second term for U.N. chief Ban“. Reuters (21-iyun 2011-yil). 2011-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2011-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Secretary-General Ban Ki-moon, rasmiy BMT sayti
| Vikiomborda „Pan Gi Mun“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 13-iyunda tugʻilganlar
- 1944-yilda tugʻilganlar
- Chxonjinda tugʻilganlar
- Faxriy legion ordeni sohiblari
- Fuqarolik xizmatlari uchun ordeni sohiblari (Ispaniya)
- Qozogʻistonning Doʻstlik ordeni sohiblari
- Ismoili Somoniy ordeni sohiblari
- Olimpiya oltin ordeni sohiblari
- Rossiyaning Doʻstlik ordeni sohiblari
- BMT Bosh kotiblari
- Yashayotgan insonlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
