Paraiba — Braziliyaning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Maydoni - 56,6 ming km². Aholisi - 3,4 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Juan-Pesoa. Yirik sha-harlari: Kampinagrandi, Soza, San-tarita. Hududining katta qismini oʻr-qirli plato (balandligi 800–1000 m) egallagan. Atlantika okeani soxdli boʻylab kambar pasttekislik yo tadi. Iqlimi sub-ekvatorial, mavsumiy sernam iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 24—28°. Yillik yogʻin plato qismida 300–500mm dan, sohil qismida 1750mm gacha. Asosiy daryolari — Paraiba va Piranyas. Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Dehqonchilik yetakchi oʻrin-da. Paxta, sizal, dukkakli ekinlar, makkajoʻxori, maniok, shakarqamish, sholi, tamaki, banan va boshqa ekiladi. Yovvoyi palma yongʻogʻi yigʻiladi. Kichikroq toʻqimachilik, sellyuloza-qogʻoz, sement, koʻn-teri, oziq-ovqat korxonalari mavjud. Slyuda, ohaktosh, tosh tuzi olinadi. Mis rudasi, niobiy, volfram, fosforit konlari topilgan. Dengiz porti — Kabedelu.[1]